Sayt narxi nimalarga bog'liq?

Mijozlardan eng ko'p eshitadigan savolim: «Sayt qancha turadi?». Javob bir nechta omilga bog'liq.

1. Sahifalar va bo'limlar soni

Bitta sahifali vizitka va katalogli korporativ sayt — butunlay boshqa hajmdagi ish.

2. Tillar

Har bir qo'shimcha til — matn, havolalar va admin paneldagi maydonlar demak. O'zbek lotin va kirillni avtomatik qilish mumkin.

3. Admin panel

Kontentni o'zingiz yangilamoqchi bo'lsangiz, qulay boshqaruv paneli kerak bo'ladi.

4. Dizayn

Tayyor shablon arzonroq, lekin brendingizga mos noyob dizayn ko'proq ishonch uyg'otadi.

5. Qo'llab-quvvatlash

Sayt ishga tushgandan keyin ham yangilash va himoya kerak.

Loyihangizni muhokama qilish uchun menga yozing — aniq hisob-kitob qilib beraman.

#biznes#sayt
Blog

Boshqa maqolalar